Главная » 2017»Iyul»13 » Serxio Ramos kolumbiyalik do`stiga omad tiladi
14:17
Serxio Ramos kolumbiyalik do`stiga omad tiladi
Madridning “Real” jamoasi sardori Serxio Ramos “Bavariya”ga o`tib ketgan sobiq jamoadoshiga Bundesliga omad yor bo`lishini tiladi.
“Do`stim, senga omad tilayman. Ammo Evropa Chempionlar Lishasida to`qnash kelganda emas. Hamma yaxshi tilaklarim senga, Xames”, – deb yozdi Ramos ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan biriga.
Eslatib o`tamiz, kolumbiyalik iste`dod egasi “Bavariya”da 2 yil ijara asosida to`p suradi.