Juma, 25.07.2025, 05:47
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 18
Mehmonlar: 18
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 14 » Armon sevgi
23:23
Armon sevgi
9-sinf Hozir darsdamiz… Yonimda dunyodagi eng chiroyli qiz o’tiribdi… Uning yuziga qaragandan uyalib turibman… Mening qanchalik sevishimni u bilmaydi… U mening eng yaqin insonim… Lekin, u meni oddiygina do’st deb biladi… Sababini bilmayman, lekin… O’zimdan uyalib turibman… 10-sinf Uyda edim… Menga qo’ng’iroq qilib yigiti bilan urushib qolganini aytib, men yonida bo’lishimni iltimos qildi… Keyin yonimga keldi… Meni quchoqlab rosa yig’ladi… Hozir u yonimda… Tizzamga boshini qo’yib uxlab qoldi… Sochlaridan silab, go’zal yuzlariga to’yib- to’yib boqmoqdaman… Men uni sevaman… Lekin, u meni oddiygina do’st deb biladi… Sababini bilmayman, lekin… O’zimdan uyalib turibman… 11-sinf Bitiruv kechasi… Ikkimiz bolalikdan beri birga ulg’aydik… Bitiruv kechasiga sherigimiz bo’lmasa birga boramiz deb 8-sinfda bir-birimizga so’z bergan edik… Menga qo’ng’iroq qildi va yigiti kasal bo’lib qolganligini aytdi… Keyin, birga boramizmi, deb so’radi… Rozi bo’ldim… Uyiga borib bitiruv kechasiga birga jo’nadik… Bitiruv kechasidagi eng chiroyli malika edi… Oppoq ko’ylagi o’ziga shunday yarashgan ediki, farishtaning o’zi bo’lib qolgandi… Tun bo’yi raqsga tushdik… Qo’llaridan ohista ushlab, uni qattiq sevarimni aytsammi, deb o’ylab qo’yardim… Tongga yaqin uyiga kuzatib qo’ydim… Hayrlashayotib betimdan o’pib, eng yaxshi do’st bo’lganimni bildirdi… Uni chin dildan sevaman… Lekin, u meni oddiygina do’st deb bilsa, unga sevishimni qanday aytaman… Sababini bilmayman, lekin… O’zimdan uyalib turibman… Oradan yillar o’tdi… Hozir men eng yaqin ko’rgan insonimni qora tuproqqa uzatyapman… Uning buyumlari orasidan yon daftarcha chiqibdi, menga berishdi… Qo’llarim qaltirab yon daftarchani sekin varaqlay boshladim… Sahifalarning birida shunday satrlar bor edi… “…Hozir darsdamiz… Yonimda bo’lsa dunyodagi eng kelishgan yigit o’tiribdi… Yuziga hech to’ymayman… Uni qanchalik sevarimni u bilmaydi… U meni oddiygina do’st deb biladi… Yigitim bor deb doimo u haqida yolg’on bahonalarni aytib, yonida bo’lishga harakat qilyapman… Men uni jonimdan ortiq ko’raman… Menga bir marotaba, faqat bir marotaba “SEVAMAN” deb aytganda… Bu dunyoda mendan baxtli inson yo’q edi…” Men bu satrlarni o’qiyotganimda sevganimni tuproqqa ko’mishdi… Chiday olmay butun vujudim bilan hayqirib yubordim… Ko’z yoshimni hech to’xtata olmasdim… Ko’zlarimni uning yangi qo’yilgan qabridan uza olmasdim…
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 83 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |