Burgut baland bir daraxtda shunchaki dam olib o'tirgan edi. Uning bu o'tirishini ko'rib qolgan quyoncha burgutdan so'radi: — Xuddi sendek hech narsa qilmay, bamaylixotir o'tirishim mumkinmi? — Albatta, mumkin, nimaga yo'q ekan, — dedi burgut. Quyoncha daraxtning tagiga o'tirib dam olishni boshladi. Shunda birdan qaerdandir tulki paydo bo'ldi-yu, uni ushlab, eb qo'ydi. Qissadan hissa. Agar sen hech ish qilmasdan bemalol va xotirjam bo'lishni xohlasang juda- juda yuqorida o'tirishing kerak. Ko'rpangga qarab, oyoq uzat.