Boyning o'g'li imtihonda: — Birinchi jahon urushi qachon bo'lgan? — 1914-1918 yillarda. — O'tiring, besh! O'rtahol oilaning farzandi imtihonda: — Birinchi jahon urushi qachon bo'lgan? — 1914-1918 yillarda. — Nechta odam halok bo'lgan? — Bir million uch yuz mingga yaqin. — O'tiring, besh! Kambag'al oilaning farzandi imtihonda: — Birinchi jahon urushi qachon bo'lgan? — 1914-1918 yillarda. — Nechta odam halok bo'lgan? — Bir million uch yuz mingga yaqin. — O'lganlarning familiyasini sana!