Uch kishi tosh tashiyotgan edi. Ularning biridan so'rashdi: — Umuman olganda, bu erda nima qilayapsan? U peshonasidagi terni artib tashladi-da, javob berdi: — Mana shu mehnatim tufayli qaddim bukilib, og'ir kunlarga qolib ketdim. Ikkinchisining oldiga borib undan so'rashdi: — Sen nima qilayapsan? U englarini shimardi-da, tumshug'ini ko'tarib, g'urur ila javob berdi: — Pul ishlayapman. Bu erda boshqa nima ham qilardim? Keyin uchinchi kishidan so'radilar: — Sen nima ish qilayapsan? U jilmaydi-da, javob berdi: — Ibodatxona qurayapman. Qissadan hissa. Qachonki oldinga oliy maqsad qo'yarkansan, har qanday vaziyatda ham yashayotgan umringda ma'no bo'ladi.