Bu voqea hayotda rostdan ham bo`lib o`tgan bo`lib 80 - yillarga to`g`ri keladi. Bir ayolning eri hayotdan ko`z yumgan edi, u paytlar ayol yoshgina edi va unga 4 ta o`gilni tarbiya qilish bir o`zining zimmasiga tushdi. O`sha paytlarda ayolning katta o`g`li 11 yoshga ham to`lmagan edi. Ota hayotligida oilasini ta`minlashga juda qattiq harakat qilgan. Uning o`limidan so`ng ayol hamma narsani o`z bo`yniga olgan edi. U hamma vaqtini bolalar uchun ajratar, ularni tarbiya qilishga, ularni ta`minlash uchun xarakat qilar edi. U tunu-kun ishlar va xamma qiyinchilikni bir o`zi boshidan o`tqizar edi. U kunduzi ishlar va kechqurun bo`lsa oilasi uchun ovqat tayyorlar edi. Tunda esa u xoli qolmagan xolda o`zini ko`rpaga tashlab uxlar, ertalab saharda turar bolalari uchun nonushta, ularni kiyim- kechaklarini tayyorlar, ular uchun nima kerak bo`lsa hammasini tayyorlab qo`yar edi.Hamma narsa joyida ekanligiga ishonch xosil qilib ularni maktabga kuzatar va intizorlik bilan ularni qaytishini kutar edi. Ularni ulg`ayoyatgani ko`rib, u hamma narsaga chidashga tayyor edi. Oylar yillar o`tib borar xamon ona ular haqida qayg`urar bollar esa ulg`ayaverar edi. Hattoki bolalari balog`at yoshiga yetsa ham xali xamon ona bolalariga yordam berardi: u ularni o`qitish uchun hamma chiqimlarni o`z zimmasiga oldi, shu jumladan kiyim-boshiyu oziq- ovqatigacha. Keyinroq esa ular uchun ishga joylashtirishga va to`yigacha yordam berdi.Unga 60 yosh bo`lganda u yolg`izlanib qoldi. Shuncha yilgi mashaqqatli mehnatlari izsiz o`tmagandir axir? Afsuski shunaqaga o`xshar edi. O`sha paytlarda bolalari yig`ilishib onasiga navbatma navbat qarashga axd qilishdi. Vaqt o`tgan sari uning sog`liqi yomonlashib borardi va u gapirmay ham qoldi. Kelinlar u bilan qo`pol muomilada bo`lar va odamni kamsitadigan so`zlar bilan uni ranjitishar edi, u esa bu hamma pastkashliklarga chidar edi. O`g`illari esa... chunonchi ularni tug`ilganidan to uylangunigacha, o`zlari mustaqil bo`lgunlariga qadar tarbiyalagan onasini oldini olib, ximoya qilish o`rniga bir-birlari bilan janjallashishar va onasini xuddi tarvuzdek bir- birlariga berishar edi, ya`ni bir-birlarinikiga olib borib tashlar edi.Bir kuni kichik o`g`lini navbati keldi, lekin aynan o`sha kuni kichik o`g`lini va uning xotinini do`stlari kechki ziyofatga taklif qilishgan edi. O`g`il bunday bazmu-jamshidni o`tqazib yuborishni istamas edi, endi onani nima qilar ekanman deb o`ylandi va u katta akasiga qo`ng`iroq qilib bugun muhim uchrashuvi borligini u onasi bilan o`tira olmasligini va onasini unikiga yuborishini aytdi. Shunda og`a- inilar telefonda janjalashib ketishdi, katta akasi aytdiki, agar bugun onasini unikiga olib borsa eshikni ochmasligini aytdi. Bunga qaramasdan kichik uka tunda katta aka yashaydigan joyga olib bordi. U eshikni uzoq vaqt taqillatdi lekin katta aka eshikni ochmadi Shunda kichkina uka qichqirib dedi: "Eshik oldida seni onang o`tiripti, men uni shu yerga qo`yib ketyapman", va onasini tashlab ketti.Onaizor hammasini ko`rdi va eshitdi. Ko`z yoshlari yuzdan oqib bo`yinga tushardi. Xasta onaizor xarakatlana olmas, gapira olmas va nimadir qilishga ham xoli madori yo`q edi. Shunday qilib eshikni ham xech kim ochmadi va hattoki o`g`li o`ylab ham ko`rmadi qanday xolatda ekan onam deb: onasi ochmi to`qmi, suv ichadimi, uxlaydimi u va bu shuncha yilgi sayi harakatlari evaziga o`g`illaridan olgan javobi shumi? Taqirlash, xo`rlash? Sho`rlik onaizor eshik oldida o`tirar va butun hayotini o`ylar edi.Shunda kichkina uka qichqirib dedi: "Eshik oldida seni onang o`tiripti, men uni shu yerga qo`yib ketyapman", va onasini tashlab ketti. Onaizor hammasini ko`rdi va eshitdi. Ko`z yoshlari yuzdan oqib bo`yinga tushardi. Xasta onaizor xarakatlana olmas, gapira olmas va nimadir qilishga ham xoli madori yo`q edi. Shunday qilib eshikni ham xech kim ochmadi va hattoki o`g`li o`ylab ham ko`rmadi qanday xolatda ekan onam deb: onasi ochmi to`qmi, suv ichadimi, uxlaydimi u va bu shuncha yilgi sayi harakatlari evaziga o`g`illaridan olgan javobi shumi? Taqirlash, xo`rlash? Sho`rlik onaizor eshik oldida o`tirar va butun hayotini o`ylar ed U o`ziga o`zi: "Nahotki shular mening bolalarim bo`lsa? Ularni yaxshi ko`rib hamma yomonliklardan ximoya qilgan. Tunlari necha marotabaa meni uyg`otib suv ichaman deganlari yoki boshqa narsalar so`ragani... Men ularni xursandliklarini ko`rib men ham suyunganlarim, ular kasal bo`lib ularga og`ir bo`lgan paytlarda menga ham og`ir bo`lgan paytlar... evaziga men sovuqda qolib och-naxor ko`chada qolib kettim... " Ertalab katta o`g`il eshikni ochib qaraganda onasi nafas olmay jonsiz xolatda yotardi.azizlarim ota onajonim yagonadir ularni borliklarida qadrilariga yetaylik otkanlarni joylarini jannata qilib oxiratlarini obod qilsin ....