Yigit qizni aldash maqsadida u bilan gaplashardi... U qizga uylanishni xohlamasdi, u shunchaki qizni bulg'ashni xohlardi. Qiz xijob o'ragan va dinda mukammal edi. Yigit unga be'mani narsalarni gapirishni boshlar qiz esa go'shakni qo'yib qo'yardi. U yana qo'ng'iroq qilar uni tinch qo'ymasdi. Yigit sevgisini is'hor qilgandi, har ko'rishganda qizni boshini aylantirardi goinki unga uylanish niyati umuman yo'q bo'lsa ham. Shunday qilib qiz unga o'rganib qolgandi. Ochiq oydin gaplariga ham indamasdi. Yigit uni asta - sekin zino qilishga undadi. Unga uylanaman deb dunyodagi barcha muqaddas narsalarni nomini o'rtaga qo'yib qasam ichardi. Uni tashlab ketmaslikka bir umr birga bo'lishiga hatto Allohniyam nomini qo'shib qasam ichgandi. Yigit qizga xech kim yo'q joyda ko'prik tagida uchrashishligini aytdi. Va'dasiga ishongan qiz rozi bo'ldi. Yigit unga qo'ng'iroq qilib o'sha yerdaligini va tezroq kelishligini aytdi. Qizni fikri o'zgarib qolmasin aniq kelsin deb telefonini o'chirib qo'ydi. O'chirib qo'yishdan oldin og'aynilariga qo'ng'iroq qilib: "Meni yengiltak qizim bor. U men bilan yotmoqchi, agar ishonmasanglar ko'prik tagiga kelinglar. U men bilan yuradi u fohisha. Agar xohlasalaringiz sizlar bilan ham baxam ko'raman, uni zo'rlasangiz ham mayli iloji boricha ayamanglar..." dedi. O'rtog'lari uni yoniga bir zumda yetib kelishdi. Yigit: "Men xaliroq kelaman, sizlar uni zo'rlab turinglar..." deb ketdi. Qiz bolani yoniga kelayotga onasidan o'ng'iroq bo'ldi: " Qizim tez shahar shifoxonasiga yetib kel akang avtohalokatga uchradi". Qiz tabiiyki shoshilib shifoxona tamon yo'l oldi. Lekin u sevgilisini ogohlantirib qo'yay deb unga qo'ng'iroq qildi. Lekin telefoni o'chig'ligi uchun shuncha harakat qilsa ham unga bog'lana olmadi. Qiz shu payt yaqin dugonasi kursdoshini ko'rib qolib undan ko'prikka borib yigitga vaziyatni tushuntirishini iltimos qiladi. Qiz kursdoshiga ular bir - birini sevishini va ular bugun uchrashishini, yigiti juda qaysar agar indamay ketib qolsa xafa bo'lishini aytadi. Kursdoshi rozi bo'ldi. Kursdoshi ham xijobga o'rangan dinda mustahkam qiz edi. U ko'prikka boradi uni u yerdan to'rtta och bo'ri kutib turardi... To'rttalasi ham qizga kuch ishlatib uni zo'rlashga tushib ketishgandi. Oradan bir qancha vaqt o'tib zo'rlangan qizini ko'ziga tik qarab sheriklariga qo'shilib zo'rlashni maqsad qilgan yigit u yerga qaytib boradi. U yega borib ne ko'z bilan ko'rsinki u yerda zo'rlanib, xorlanib yotgan qiz uni singlisi edi... Ma'lum bo'lishicha singlisi va aldab yurgan qizi yaqin dugona va birga o'qiydigan kursdosh ekan. O'z singlisini bu axvolda ko'rgan yigitni ko'ziga dunyo tor bo'lib ko'rinib ketdi... Shundoq begunoh, toza, bokira singlisini zo'rlagan sheriklariga ham xech nima deyolmasdi chunki ularga o'zi bu taklifni bergandi...