Juma, 25.07.2025, 05:54
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 21
Mehmonlar: 21
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 11 » Qovoq yeng, shamollamaysiz, anemiya bo`lmaysiz!
00:07
Qovoq yeng, shamollamaysiz, anemiya bo`lmaysiz!
Taom, dori, ro`zg`or uchun idish va musiqa asbobi... Agar buni dam olishga otlanayotganda tuziladigan ro`yxat deb o`ylasangiz, adashasiz. Bularning hammasi o`zingiz bilgan qovoq! Ha, ha u hayotning turli jabhalarida doim yordamga shay ko`makchi. Ayniqsa, salomatlikni asrash borasida uning oldiga tushadigan sabzavot kam topiladi. Bugun siz bilan qovoqning foydali xususiyatlari haqida gaplashamiz. Mutaxassis — Nodira HAMROEVA.

Hamma meva va sabzavotlar vaqt o`tgani sari tarkibidagi foydali moddalarni yo`qota boshlaydi. Faqat qovoqqina bundan mustasno. Uni +8...+12 daraja harorat ostida 30-40 kun saqlaganingizdan keyin ham tarkibi yaxshilansa yaxshilanadiki, foydali moddalarini yo`qotmaydi. Shuning uchun ham uni qish bo`yi saqlash imkoniyati mavjud.

Shamollashdan himoyalaydi

Bejizga kuz keldi deguncha momolarimiz oshqovoqdan mantiyu somsalarni ko`p-ko`p qilib pishirib berishmas ekan-da. Axir qovoq tarkibida kuzgi shamollashlardan asraydigan S darmondorisi bisyor. Bundan tashqari, barcha sabzirang sabzavotlar tarkibida temir moddasi mavjud bo`lib, bu modda kamqonlikni bartaraf etadi. Shuning uchun qovoq tanlayotganda imkon qadar qizg`ishrog`iga ixtiyor beravering.

Uyqingiz qochdimi?

Yotish oldidan yarim piyola qovoq sharbatiga bir osh qoshiq asal solib ichsangiz, surunkali uyqusizlikdan xalos bo`lasiz. Chunki bunday sharbat asab tizimini tinchlantirib, organizmga huddi uyqudoridek ta`sir ko`rsatadi.

Sistit bezovta qilsa...

Ushbu tabiat in`omini chinakam dorixonaga qiyoslasak, sira mubolag`a qilmaymiz. Ayniqsa, peshob haydash xususiyati tufayli turli shishlar, sistit, pielonefrit va uretritning ba`zi ko`rinishlarida oshqovoqqa murojaat qilsangiz yanglishmaysiz. Uni xomligicha, aytaylik salatlarga qo`shib, yoki bug`da pishirib tanovul qilsangiz, muammolar sizni birin ketin tark eta boshlaydi.

Urug`i erkaklar salomatligi uchun!

Erkaklarda yosh o`tishi bilan prostata bezi adenomasi xastaligi yuzaga kelishi mumkin. Haftada bir piyola qovoq urug`ini iste`mol qilib yuradigan insonlarda bu xastalik deyarli uchramas ekan. Shuningdek bu tabiiy shifobaxsh ne`mat tarkibidagi ruh (sink moddasi) urug` hujayrasi faolligini oshirib, farzand ko`rish ehtimolini orttirish xususiyatiga ham ega.

Gijjada foyda?!

Qadim qadimdan xalq tabobatida qovoq urug`i bolalar va kattalarda uchraydigan gijjaga qarshi vosita sifatida keng qo`llanib kelingan. Chunki uning tarkibida gijjaning ba`zi turlarini falaj qilib qo`yuvchi toksik moddalar mavjud. Biroq u gelmintni butunlay zararsizlantirish xususiyatiga ega emas. Shuning uchun tabiblar qovoq urug`ini iste`mol qilgandan so`ng tabiiy surgi dorilardan ham foydalanishni tavsiya qilishadi.

Go`zalligimiz uchun

Hatto, Ibn Sino ham qovoq po`stidan tayyorlangan damlamada yuz chayilsa, quruq yuz yumshab, yog`li terini tinchlanishini yozib qoldirgan. Bugungi kun olimlari esa qovoq po`sti tarkibida zamburug`larni bartaraf etuvchi moddalar borligini aniqlashgan. Bundan tashqari bir choy qoshiqdan maydalangan qovoq, suli yormasi va yangi siqilgan olma sharbatiga bir dona tuxum sarig`ini qo`shib tayyor niqobni 10-15 daqiqa yuzga surtsangiz, natijasini birinchi muolajadan keyinoq seza boshlaysiz. Bunday niqobni haftada ikki marta bajarish tavsiya etiladi. Turli dog`lardan xalos bo`lishga esa qovoqli tonik yordam beradi. Uni tayyorlash uchun bir osh qoshiqdan qovoq va bodring sharbatlarini aralashtirib, bir osh qoshiq yog`siz sut qo`shasiz-da, paxtali disklar yordamida 20 daqiqaga yuzga surtasiz. So`ng iliq suv bilan chayib tashlasangiz kifoya. Qolgan tonikni esa muzlatkichda 1 hafta davomida saqlasangiz bo`ladi.

Qarshi ko`rsatmalar ham mavjud

Oshqovoq juda foydali sabzavot bo`lishiga qaramasdan, gastrit va oshqozon-ichak xastaliklari, qandli diabet, qorin dam bo`lganida iste`mol qilish mumkin emas. Bundan tashqari, oshqovoq tarkibidagi kislotalar tish emaliga ziyon etkazishi mumkinligini inobatga olish tavsiya etiladi.
Категория: Sog'liq (Salomatlik Haqida) | Просмотров: 97 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |