Juma, 25.07.2025, 05:35
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 17 » Sinov 1
20:39
Sinov 1
SINOV (1 qism)
Bahrom yoshligidan aqlli
bola bo`lib ulg`aydi. U
huquq sohasiga qiziqar,
sud ishi bilan bog`liq
kinolarni miriqib tomosha
qilardi. Maktabni a`lo
baholar bilan tugatgach,
oliy o`quv yurtiga imtihon
topshirish maqsadida
poytaxtga yo`l oldi. Kirish
anchagina qiyin bo`lsa
ham yaxshi niyat bilan
Yuridik institutiga hujjat
topshirdi. Nihoyat niyatiga
yetdi hisob, endi test
sinovi javoblarini kutish
qoldi. Ko`ngli sezib turibdi:
o`qishga kiradi!
Kutilgan kun etib keldi.
Bahrom shartnoma bilan
o`qishga qabul qilinganini
ko`rib, o`zida yo`q quvonib
ketdi. Mayli-da, odamlar
shunga ham ilingani
yo`q…
- Ayajon, dadajon, meni
tabriklang, o`qishga
kirdim!
Sharifa xola o`g`lini
quchoqlab, peshonasidan
o`pdi:
- Tabriklayman o`g`lim,
boshing toshdan bo`lsin.
- Barakalla, ota o`g`il! -
o`g`lini quchoqlab bag`riga
bosdi Bahodir aka.
- Faqat shartnoma
asosida, dada…
- Bo`laveradi, shunisiga
ham shukur. Eng asosiysi -
kiribsan-ku, o`g`lim! Bu
institutga kirish deganlari
oson ish emas.
O`sha kuni ularning
xursandchiliklari to`yga
aylanib ketdi. Otasi
Bahodir aka qo`y etaklab
chiqib so`ydi. Uch-to`rt kun
davomida uylaridan odam
arimadi. Har kuni
Bahromning o`rtoqlari
kelib uni tabriklashar edi.
Bu quvonchga ayrim
do`stlari havas, ayrimlari
xasad bilan qarab chiqib
ketardilar.
Shunday katta joylarga
o`qishga kiribsan,
tabriklaymiz, o`rtoq. Katta
odam bo`lib ketsang, bizni
unutib yuborma, ishqilib, -
dedi maktab paytida
yaxshi chiqisha
olmaydigan
sinfdoshlaridan biri soxta
samimiylik bilan.
Shu tariqa bir hafta
davomida goh u, goh bu
o`rtog`i kelib Bahromni
xursandchilik bilan
qutlardi. Shunday bo`lsa
ham uning ko`ngli g`ash
edi. Chunki, yoshligidan
birga katta bo`lgan chin
do`sti O`tkirdan darak
yo`q. U tijorat ishi bilan
chet elga ketgan ekan.
Ikki-uch oydan keyin
kelib qolarmish. Sentyabr
oyi yaqinlashib, o`quv
yurtlarida darslar
boshlandi. Bahrom ota-
onasidan oq fotiha olib
Toshkentga jo`nab ketdi. U
poytaxtga kelib,
yotoqxonaga joylashdi.
O`zi bilan tengdosh bolalar
bilan tanishdi. Dastlabki
kunlarda uni bir oz
hayajon bosdi, so`ng
hammasi iziga tushib
ketdi. Talabalikka o`rganib
qoldi.
Bir kuni dars tugaganidan
so`ng, yotoqxonada dars
qilib o`tirsa, navbatchi
kelib:
- Birinchi bosqichdagi
Usmonov Bahrommisiz?
- Ha.
- Sizni so`rab kelishdi.
O`tkir chet eldan qaytgach,
Bahromning o`qishga
kirganligini eshitdi. Uyiga
borganida ko`risha
olmagani uchun o`zi
Toshkentga kelgan edi.
- Sudya janoblari,
qalaysan endi, - deya
xazillashib quchoq ochdi
O`tkir.
- Ishlaring yaxshimi,
do`stim, - kulimsirab
so`rashdi Bahrom.
- Rahmat, tuzuk.
- Yur, yaxshisi, biror
holiroq joyda o`tirib
gaplashamiz, - dedi O`tkir
Bahromning yelkasidan
quchib.
Ular oliygohga yaqin
bo`lgan kafeda
anchagacha suhbatlashib
o`tirishdi.- Mayli, do`stim, sening
ham vaqtingni olmay, -
dedi O`tkir o`rnidan turib.
- Bo`pti, O`tkir… Ta`tilda
borganimda gaplasharmiz,
- Bahrom do`stini kuzatib
qo`ydi.
… Kunlar tez o`tib,
sessiyalar boshlanib ketdi.
Imtihonlar tugab, uyga
ketishga ruxsat berildi.
Bahrom uyga bormaslikka
qaror qildi, negaki,
yaqinda yana shartnoma
pulini to`laydigan vaqt
keladi. Ota-onasi buni
qiynalib qolishmasin deb,
uyidagilarga yordam
bermoqchi bo`ldi. Uyiga
xat yozib, ta`tilda bora
olmasligini aytdi. Bahrom
biror ish topish uchun
bozorga yo`l oldi. Darvoza
oldidagi avtomobil
to`xtash joyida nima
qilishini bilmay to`xtab
qoldi. Shu payt qop-qora
"MERCEDES"dan tushgan
o`ziga bino qo`ygan yigit
Bahromning oldiga keldi.
- Ukam,
stoyankachimisan?
- Yo`g`e, aka…
- Bu o`rtada mashina
yuvadigan bolalardan
yo`qmi?
Bahrom o`ylab qoldi: "Shu
mashinani o`zim yuvib
bersam-chi?!"
- Siz bozor qilib
chiqavering, men ungacha
yuvib qo`yaman, - dedi
shosha-pisha yigitga
qarab.
- Xorosho, tozalab yuvgin,
ukam, - u shunday
degancha bozorga kirib
ketdi. Bahrom yugurib
bozorga kirib, ikki quloch
doka, mochalka, sovun,
poroshok va chelak bilan
qaytib chiqdi. Elkasidagi
sport sumkasini bir chetga
qo`yib, ishga tushib ketdi.
Mashina yangidek bo`lib
qoldi. Bozordan qaytgan
mashinaning egasi
yuklarini bagajga
joylagach, mashinani
aylanib, tozaligini
tekshirdi.
- Yaxshi, ukam, zo`r, - deb
cho`ntagidan anchagina
pul olib uzatdi.
- Rahmat.
Bahrom pulni
changallagancha
uzoqlashayotgan mashina
orqasidan qarab qoldi.
- Bo`shmisan, jiyan?
Bahrom ovoz kelgan
tomonga qaradi. Yoshi
kattaroq kishi unga qarab
turardi.
- Bozor qilib
chiqqunimcha shu
"arava"ni yuvib qo`y, -
dedi u qizil "Tiko"ga
ishora qilib.
- Bo`pti, amaki, - dedi
Bahrom quvonib.
Shunday qilib, kechgacha
anchagina mashinani
"moyka"dan chiqardi.
Bozor tarqagach,
narsalarini yig`ishtirdi.
Pullarini sanagan edi, o`zi
o`ylaganidan ham ko`proq
ekan. Quvonganidan
ko`zlariga yosh qalqidi. Bu
uning peshona teri
evaziga erishgan pullari
edi.
Bahrom bir xonadondan
ijaraga turish uchun joy
topdi.
Категория: Oqing faqat yiglamang | Просмотров: 245 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |