Juma, 25.07.2025, 05:36
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 3
Mehmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 17 » Sinov 2
20:39
Sinov 2
SINOV (2 qism)
U kursning eng oldi
talabalaridan edi.
Boshqalar kabi kiyinib,
katta-katta pul sovurmasa
ham, bilimi, aql-zakovati
tufayli hamma uni hurmat
qilardi. Kunlar o`tib, u ota-
onasini juda sog`indi.
Vaqtini asosan dars
tayyorlash, kitob o`qish
bilan o`tkazardi. Ko`z ochib
yumguncha yana
imtihonlar boshlandi.
Bahrom birinchilardan
bo`lib reyting
daftarchasini a`loga yopdi.
Endi uyiga ketishi mumkin
edi: qishlog`iga yo`l oldi.
- Assalomu alaykum,
ayajon, - darvozadan kira
solib, onasi tomon otildi
Bahrom.
- Voy bo`ylaringdan
aylanay, o`g`lim,
keldingmi?! Kutaverib
ko`zlarimiz to`rt bo`ldi-ku!
O`sha kuni Bahrom o`qish
taassurotlarini ota-onasiga
gapirib berib, kunni kech
qildi. Ertasiga do`sti
O`tkirnikiga bordi. Ular
uzoq suhbatlashdilar.
Kechki payt O`tkirnikidan
chiqib, uyiga qaytdi.
Qishloq choyxonasida
qo`shni mahalladagi
bolalar bazm
qilishayotganini ko`rdi.
Ularni Bahrom negadir
xushlamas edi. Shuning
uchun ko`rmaganga olib
o`tib ketmoqchi bo`lgandi,
ulardan biri gap qotdi:
- O`-h-o`-o`, katta odamlar
bizlarni tanimay
qolishibdi-da?!
Bahrom choyxonaga
burilishga majbur bo`ldi.
- Kechirasizlar yigitlar,
xayol bilan bo`lib ko`rmay
qolibman, - dedi Bahrom
xijolatomuz ular bilan
so`rashayotib.
- Toshkentga borib
xayolparast bo`lib
qoldingizmi?! Yoki biror
qiz xayolingizni olib
qochdimi?
Bir ozdan so`ng Bahrom
ketishga chog`landi.
Yigitlar uni qo`yib
yuborishmadi.
- Qayoqqa ketasan? Axir
shundoq katta shahardan
kelsang-u, biz tuzukroq
mehmon qilolmasak, bu
nima degani?!
Bir oz vaqt o`tib oshni
suzishdi. Yigit ular bilan
birga osh edi. Albatta
odatdagidek aroq ham
ochishdi. Bahromga ham
quyib uzatdilar. U ichmadi.
- Ol endi, o`g`il bola, yo
bizni nazaringga
ilmayapsanmi?
Bahrom ichishga majbur
bo`ldi. Keyin ikkinchi
piyola, uchinchi… Oshdan
so`ng o`yin boshlandi.
- Senga ham qarta
suzaymi? - dedi ulardan
biri.
- …
- O`ynaysanmi, erkak, -
deya qistadi yana biri.
- Qo`yinglar, qo`rqayapti.
"Nima? Men
qo`rqyapmanmi? O`ynash
qanaqa bo`lishini hozir
ularga ko`rsatib
qo`yaman", deb o`yladi
Bahrom sarxush ko`zlarini
suzib:
- O`ynayman. Suz!
Avvaliga Bahromning
omadi yurishib, anchagina
pul yutdi. Keyinchalik ishi
chappasiga keta boshladi.
Puli tugab, egnidagi charm
kostyumini ham tikdi. Uni
ham yutqazgach, qarzga
o`ynay boshladi. Ellik, yuz,
ikki yuz, uch yuz ellik, olti
yuz…
- Yigit, bo`lar endi. Hali bu
yog`ini to`lash bor, - dedi
davradagilardan biri
Bahromning elkasidan
turtib.
- Qancha qarz bo`ldim?
- Unchalik ko`p emas. Bir
million xolos.
- Nima???
- Ertaga pul shu erda
bo`lsin. Keyin o`pkalab
yurma.
Bahromning boshi bir
narsaga qattiq urilgandek
bo`ldi. Kayfi tarqab, o`ziga
keldi. Endi nima qiladi?
Otasidan bir yillik
shartnoma pulini olsa ham
etmaydi-ku.
U tosh yo`lda gandiraklab ketar ekan, qayoqqa
borishini, nima qilishini
bilmasdi. Shu payt
orqasiga berilgan qattiq
zarbdan yuztuban yiqildi.
Uni mashina urib
yuborgan edi. Haydovchi
kabinadan tushib,
Bahromning yoniga keldi.
- Bahrom?!. Bu senmisan!
Qattiq lat yemadingmi?
Bu O`tkir edi. Uni
mashinasiga o`tirg`izib, o`z
uyiga olib keldi. Bahrom
bir oz o`ziga kelganidan
so`ng do`stiga nimalar
bo`lganini aytib berdi.
- Shunaqa gaplar, do`stim.
Endi o`qimayman,
qarzimni to`lashim kerak.
Keyin Toshkentga
ketaman. Bir kunim o`tar.
O`tkir indamay o`rnidan
turib qo`shni xonaga kirib
ketdi va pul ko`tarib
chiqdi.
- Sen siqilma, do`stim.
Mana bu bir million, borib
qarzingni to`laymiz. Mana
buni berib, kostyumingni
ol… Seni bu ahvolda
tashlab qo`yolmayman-
ku!
Bahrom hayron bo`lib
O`tkirga tikildi.
- Shuncha pulni qachon
qaytarishim kerak?
- Nimalar deyapsan?
Do`stligimiz hurmati, buni
qarz deb o`ylama. Sen
o`qishing kerak. Yiqilgan
payting suyamagan do`st
- do`st emas.
Bahrom yig`lab O`tkirni
quchoqladi. U tinimsiz
rahmat aytardi…
Oradan yillar o`tdi.
* * *
- Davlatov, tushlikka
chiqasizmi?
- Shoshmang, janob
tergovchi, mana bu ish bir
oz chalkash ekan, - dedi
Bahrom Davlatov ishdan
boshini ko`tarmay. -
O`zingizning ishlaringiz
qalay? Giyohvandlikning
tomiriga bolta urishda
charchamayapsizmi?
- Ha… Lekin meni ham bir-
ikkita ish o`ylantirib
qo`ygan. Bilsangiz,
vodiyda O`tkir boyvachcha
degan millioner bor edi.
Yaqindan buyon qo`l
ostidagi firma,
magazinlarini sotyapti
ekan. U ham
giyohvandlikka aralashib
qolgan deyishdi. Kecha
oxirgi qolgan birgina
do`konini ham kim oshdi
savdosiga qo`yibdi. Shu
boyvachchani "ilintirgan"
narkobizneschilarni
topishim kerak.
- O`tkir?!. Bahrom sapchib
o`rnidan turib ketdi.
- Nima, siz uni taniysizmi?
- Ha. Sizdan iltimos, shu
ishni menga topshiring.
O`zim
shug`ullanmoqchiman.
- Yaxshi, hoziroq
topshirishim mumkin.
Bahrom Davlatov
tergovchilardan kerakli
ma`lumotlarni olgach,
shoshilinch tarzda vodiyga
yo`l oldi. U qishlog`iga
kirib borganda kech
tushib qolgandi. Ota-onasi
og`lini ko`rib quvonib
ketishdi.
Категория: Oqing faqat yiglamang | Просмотров: 218 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |