Juma, 25.07.2025, 05:49
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 17
Mehmonlar: 17
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 16 » Статья Jajji bolakayning savoli
22:56
Статья Jajji bolakayning savoli
Jajji bolakayning
savoli shundog`am
siqilib turgan
dadasining yuragini
ezdi. O`g`lini
tizzasiga o`tqazdida,
peshonasidan o`pdi. "Oying
o`g`lim, rosa charchagan. Endi bir-
necha kun uxlab, yaxshilab dam
olishi kerak" Bolakay indamadi. 5
yoshli bolakay onasining og`ir
kasalligini ancha oldin
fahmlagandi. Shifoxonaga
dadasi ko`rishga olib borganida,
oyisi uni quchib rosa yig`lagandi.
Dadasi oying tuzalib ketadi,
keyin shifoxonadan javob
berishadi degandi. Oyisi uyga
qaytganida bola oyim
tuzalibdilar deya rosa
sevingandi. O`y-hayollari o`zidek
sof murg`ak bola oyisiga boshqa
sababdan javob berib
yuborishganlarini bilmasdi. Har
kungidek o`rniga yotarkan
bolakay osmonga qarab qo`lini
cho`zdi: "Oyimni tuzalishiga
yordam ber, Xudojon" Bir necha
kun o`tgach tunda uyg`onib
ketdi. Pildirab koridorga chiqdi.
Dadasi balkonda sigaret chekib,
kim b-ndir telda gaplashardi.
Bolakay dadasining hamma
gaplariga ham tushunmadi-yu
shu gaplar orasidan operatsiya,
katta pul degan jumlalarni ilg`ay
oldi. Bir kinoda ko`rgandi.
Operatsiyada doktorlar kasalni
ukol qiladi, keyin u tuzalib ketadi.
"Oyimni ham ukol qilishsa
sog`ayib ketadilar" o`yladi
bolakay. O`rniga qaytib yotarkan
osmonga qarab yana qo`lini
cho`zdi: "Oyimni tuzalishiga katta
pul ber, Xudojon" Bolakayning
onasining ahvoli kundan-kun
yomonlashib borardi. U esa buni
bilmasdi. U faqat dadasining
o`sha kungi gaplarini o`ylardi:
operatsiya...katta pul... Oxirgi
kunlar bolani oyisining yoniga
kiritmay qo`yishdi. U uyiga kelib-
ketayotgan ko`plab
qarindoshlarni jimgina kuzatib
o`tirardi. Dadasi esa bolakayga
pul tutardi: Ushla o`g`lim, borib
muzqaymoq olib ye... Bolakay
onasining yaqinlari b-n
vidolashyotganini tushunmasdi.
Nihoyat uni chaqirishdi.
Oyisining yoniga olib kirishdi.
Ko`zlari shishib ketgan, oppoq
choyshab yopingan ko`yi cho`zilib
yotgan oyisining yoniga keldi. -
Kel shirinim,- oyisining hasta
ovozi eshitildi,- aqlli bola
bo`lyapsanmi bog`chada? -Ha,
oyijon. -Yaxshi o`zimni
toychog`im... -Oyi, endi tuzalib
ketasizmi? -Hm...,-oyisi yig`lab
yubordi. -Menga yana ertak
aytib berasizmi? -Hm... -Sizni
yaxshi ko`raman... Eh, bolakay...
Oyisi b-n shunday so`nggi marta
gaplashib turganligini qayerdan
ham bilardi u. Bog`chadan
kelganida uyidagi odamlarning
ko`pligidan hayron qoldi. Hamma
bolakayni ko`rib ko`ziga yosh
olardi. "Dada oyim
uyg`ondilarmi?", dadasining
yoniga kelib so`radi u. Dadasi
cho`kkalab o`tirib o`g`lining
ko`zlariga boqdi: "Oying endi
uyg`onmaydi bolam,- keyin
o`g`lini quchdi,- oying bizni
tashlab ketdi. O`g`il yaxshi
tushunmadi, kissasini shoshib
kovladi-yu bir siqim buklanib
ketgan pullarni chiqardi: "Dada,
doktorlarga ayting, oyimni ukol
qilishsin, oyim tuzalib ketsa
bo`ldi, men bitta ham
muzqaymoq yemayman, faqat
ayting dada, oyimni tuzatib
berishsin...." O`g`ilning
peshonasidan o`parkan
dadasining ko`z yoshlari uning
yuziga tomchiladi... Onasini
ko`mishdi. Tun cho`kkach o`rniga
yotarkan bolakay yana osmonga
qo`lini cho`zdi: "ltimos, oyimni
menga qaytarib ber, Xudojon..."
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 108 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |