Juma, 25.07.2025, 06:09
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 16
Mehmonlar: 16
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 10 » Vazn oshsa ozish kerakmi? bu zararlimasmi?
23:59
Vazn oshsa ozish kerakmi? bu zararlimasmi?
Parhezshunos shifokor Nazokat Tojieva maslahatlari:

— Ko`pchilik yoshlar (ayniqsa qizlar) ovqatdan voz kechishgina semirib ketishning oldini oladi, deb o`ylashadi. Aslida semirish faqatgina shunga bog`liq bo`lmay, balki markaziy nerv faoliyati yoki endokrin tizimidagi buzilishlar oqibatida ham kelib chiqadi. Avvalo vazn ortishining sabablarini aniqlash muhim. Buning uchun shifokor bilan maslahatlashgan holda konservativ (dori-darmonlar qo`llash) chora-tadbirlari belgilash, zarur hollarda psixoterapiya yoki fizioterapiya muolajalari qo`llash lozim.



“ALBATTA OZIShIM KERAK!”

(Lekin ozg`inlik siz o`ylaganchalik quvonch keltirmaydi!)


Semirib ketishdan “qo`rqadigan” qizning hatti-harakatlariga razm solsangiz ochig`i, ba`zan kulgingiz qistaydi. Masalan, u har kuni oynadan o`z qomatiga sinchiklab tikiladi, bundan ko`ngli to`lmasa, darrov bel aylanasini o`lchaydi. So`ngra daftariga qayd etilgan kechagi raqamlar bilan solishtiradi. O`zgarish kam... “Nahot haligacha ozmadim?” deya o`ylaydi. Shu fikr miyasiga qattiq o`rnashib qoladi. Ertalabki nonushtada yoki tushlik va kechlik uchun tayyorlangan taomlarni ko`rishi bilanoq o`sha fikr uni ta`qib etaveradi. Darrov dasturxondan qo`lini tortadi. Choynakda damlangan choy ham, katta-kichik idishlardagi quyuq-suyuq ovqatlaru shirinliklar ham unga “semirtiruvchi” bo`lib tuyuladi.

Ozdiruvchi parhezlar yoki «ochlik kunlari» faqat shifokor maslahati bilan amalga oshirilishi kerak. Chunki o`sayotgan organizm (ayniqsa 14-18 yoshlarda) o`ziga turli vitaminlarni, uglevod va yog`larni, eng muhimi oqsilni kerakli darajada olishi kerak. Aks holda tana kuchsizlanadi, “ozdiruvchi parhez” dan so`ng holdan toygan organizmda bir qator kasalliklar kelib chiqadi. Kamqonlik, avitaminoz, qon bosimining pasayishi, gemoglobinning me`yoriy ko`rsatkichi kamayishidan so`nggi behollik...



KO`RMOQ BORU EMOQ YO`Q...

(Bu hol sizni anoreksiyaga duchor etadi)

Semirishdan qattiq qo`rqish, ovqatdagi ortiqcha kaloriyani o`ylab havotirlanaverish bora-bora sizda anoreksiya degan kasallikni vujudga keltirishi mumkin.

Anoreksiya so`zi grekchadan olingan bo`lib, ishtaha bo`lsada ovqatdan tiyilish degan ma`noni anglatadi. Bu shunday xastalikki haftalab-oylab ovqatdan tiyilib yurgan kishi agar lazzatli taom eyayotganini tushida ko`rib qolsa ham cho`chib uyg`onadi, darhol vaznini qayta o`lchashga urinadi. Tadqiqotlar natijasiga ko`ra anoreksiyaga chalinganlarning 90 foizini 12-24 yoshdagi qizlar tashkil etarkan!

“Ozdiruvchi parhez” ni uzluksiz qo`llash tufayli quvvvat etishmasligi organimda zarur a`zolar faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Doimiy holsizlanish, terining qurib oqarishi, mushaklar tortilishi, buyrak faoliyatining izdan chiqishi va psixik o`zgarishlar ro`y beradi. Bundan ham yomoni anoreksiyaga chalingan qizlarning (hatto ayollar) suyaklari noziklashib, ba`zan darz ketadi.



ZARARI YILLARGA ETGULIK

Ozish uchun ko`r-ko`rona qo`llanayotgan usullar organizmga bir umrga etgulik zarar etkazishi mumkin. Masalan, turli firmalarda chiqarilayotgan ozdiruvchi choylar vrach ruxsatisiz qabul qilinsa ichaklarning me`yoriy mikroflorasini yomonlashtiradi, yurak qon-tomirlarga ortiqcha “yuklama” sifatida ta`sir ko`rsatib, ularni zo`riqtiradi, buyraklarning odatiy ishini izdan chiqaradi.

Trankvilizatorlarni qabul qilish, ya`ni ishtahani pasaytiruvchi yoki ichni suradigan dori-darmonlar ichaklar peristaltikasini sun`iy kuchaytirib, yo`g`on ichak motorikasining buzilishiga olib keladi. Oshqozon-ichaklarning tabiiy faoliyati ishdan chiqqach, goh ich ketishi (disbakterioz), goh ich qotishi (qabziyat) bezovta qilaveradi.

“Ozdiruvchi vanna”larning ham (agar ular to`g`ri qo`llanmasa) anchagina zarari borligini unutmang. Ozdiruvchi tuz va turli o`tlar solingan issiq suvli vannalar qon-tomirlar ishini rag`batlantirib yuboradi. Jinsiy a`zolar atrofidagi qon-tomirlar ishi kuchayib, bu hayz tartibiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Ko`p hollardla issiq suvli vannadan keyin hayz kelishi tezlashadi yoki qon odatdagidan ko`proq keladi.



OZISHNING PARHEZSIZ USULLARI

Unutmangki, semirish eyilgan ovqat yaxshi hazm bo`lmagandan keyingi yog` to`planishi tufayli ham kelib chiqadi Shuning uchun ham taomni shoshmasdan maydalab chaynang, uzoq chaynasangiz og`izdagi so`lak bilan aralashib yaxshi hazm bo`ladi. Chunki so`lakda uglevodlarni parchalovchi amilazalar mavjud.

Yo`l-yo`lakay ovqatlanganda yoki ko`cha-ko`yda quruq ovqatlarni shosha-pisha eb ketaverganda hazm faoliyatiga putur etadi, yaxshi chaynalmagan dag`al ovqat ichaklar devorini shikastlantiradi.

Maslahatimiz shuki rafinadlangan mahsulotlar, qadoqlangan quruq ovqatlar, ayniqsa shirinlik va shakardan voz keching, ko`proq meva-sabzavotlar iste`mol qiling. Har kuni 6-8 stakan toza suv iching, suv organizmni turli zararli narsalardan tozalaydi, moddalar almashinuvini tartibga soladi. Tez-tez engil ovqatlaning, sariyog`, yog`li go`sht, hamirli taomlar, shirinlik va kartoshka eyishni kamaytirib, sutli mahsulotlar, ko`kat va mevalar hamda oqsilga boy bo`lgan grechixa bo`tqasi eyishga odatlaning. Eng muhimi, jismoniy harakatlarni sekin-sekin ko`paytirib boring, oddiydan murakkabgacha bo`lgan mashqlarni esa shifokor bilan maslahatlashgan holda bajaring.
Категория: Sog'liq (Salomatlik Haqida) | Просмотров: 91 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |