Yigit tushkun kayfiyatda do`stiga qo`ng`iroq qildi. Go`shakni chiroyli ovozli qiz ko`tardi. Yigit adashib tushganini payqab, go`shakni qo`ymoqchi bo`ldi. Lekin nimadir bunday qilishga yo`l qo`ymas, qiz bilan dardlashgisi kelardi. Yigit gap boshladi: - Allo... -Eshityapman, gapiravering,-javob berdi qiz. - Aytingchi, sizning onangiz bormi? - Nimaa?! -Onangiz hayotmilar?- so`radi yigit. Narigi tomondan esa qizning bilinar-bilinmas yig`lagani eshitilardi. Yigitning qo`qqisidan bunday savol berishining sababi bir oy oldin onasi vafot etgani, ayriliq yurak bag`rini o`rtayotgani edi. Agarda qizdan onasi borligini eshitsa baxtli inson ekanligini, onasini yanada asrab- avaylashini aytmoqchi edi. Qizning yig`lab yuborganidan bildiki ikkisining ham dardi bir ekan. Yuraklaridagi ana shu dard ikkisini hamsuhbat bo`lishga undadi. Bir-birlariga tasalli berishdi. Yigit qizdan yana qo`ng`iroq qilishga ruhsat olgach xayrlashishdi. Endi ular tez-tez qo`ng`iroqlashib turishar, qizning qo`llab- quvvatlashlari, maslahatlari bilan yigit oyoqqa tura boshladi. Yangi ish topdi, g`ayrat bilan, hayotga bo`lgan qiziqishi ortib borardi. Buning uchun uni hayotga qaytargan farishtasi Maftunadan minnatdor bo`lardi. Ular boshqa boshqa shaharda yashardilar. Bir kuniyigit hammadanda go`zal qiyofada tasavvur qiluvchi farishtasi bilann uchrashmoqchi bo`ldi. Uchrashgach unga bo`lgan pinhona sevgisini izhor etishni niyat qildi. Uchrashuv kuni belgilandi va ular bir-birini quyidagicha tanib olishni rejalashtirishdi: Yigit harbiy kiyimda, qo`lida Maftuna yoqtirgan atirgul g`unchasini ushlagancha poyezddan tushib keladi. Maftuna esa vokzalda, qo`lida o`zi sevib o`qiydigani Bulgakovning "Usta va Margarita" kitobi bo`ladi.... Nihoyat uchrashuv sanasi yetib keldi. Yigit hayajon bilan poyezddan tushdi. Vokzalda odam siyrak edi. Yigit kitob ushlab olgan qizni qidirdi va topdi... Topdi-yu fikrlari alg`ov- dalg`ov bo`lib ketti. "Usta va Margarita"ni ushlab olgan qiz nogironlik aravachasida o`tirardi..... Yigitning hayollari chalkashib ketdi. O`ziga kelib qaraganda esa qizning yoniga kelib qolgan, qiz ham unga tikilib turardi. "Ahir nima bo`lganda ham bu o`sha mening farishtamku, menga uning qandayligini ahamiyati yo`q" o`yladi yigit, ammo soniyalar ichida fikridan qaytdi, ichida nimadir "ahir u nogironekanku, ket bu yerdan" degan ovoz isyon ko`tarardi. Yigit ikkinchi ovozga quloq tutdi. -Meni kechiring, men...men bunday bo`lishini hatto hayolimga ham keltirmagandim. Siz kutgan yigit men emasman,- dediyu ortiga o`girildi. Nogiron qiz yonidagi o`rindiqda o`tirgan qizga gap boshladi: - Maftuna, sen kutayotgan yigit shumidi? Yigit suhbatdan taqqa to`xtadiyu ortiga o`girildi. Hatto tasavvurlaridan ham go`zal,haqiqattanda farishtamonand qiz unga alam va nafrat bilan tikilib turardi. "A!.. Shu ekanda Maftuna, Ehhhh... Nimalar qilib qo`ydim" o`ylardi yigit. - Yo`q opa, biz kutayotgan yigit bu emas, tasavvurimdagi oliyjanob yigit asli bo`lmagan ekan ham, hammasi sarob! Maftuna shunday dediyu aravachadagi opasini sudrab keta boshladi. Yigit hammasini tushunib yetgandi. Bir lahzalik tubanlik, xudbinlik ko`zlarini ko`r qilib qo`yganini, endi Maftunani bir umrga yo`qotib qo`yganini tushunib yetdi. Yigit farishtasining ortidan cheksiz pushaymonlik, aybdorlik hissi va... va yana oz bo`lsada umid bilan termulib turar, Maftuna esa nogironlik aravachasidagi opasi bilan tobora undan uzoqlashib borardi............